Uydagi eng tinch burchak
Akvarium, baliq va jihozlar. Yetkazib berish Toshkent bo'ylab bepul.
- Filiallar
- 4 ta
- Ish vaqti
- 09:00โ21:00
- Yetkazish
- Bepul
- O'rnatish
- Biz qilamiz
Qaysi hajm sizga to'g'ri keladi?
Kichigidan kattasiga qarab terib chiqdik โ 9 litrlik bilan 120 litrlikning farqi shunday. Ustiga bossangiz katalog ochiladi.
Har bir akvarium filtr, kompressor va lampa bilan birga keladi. Qo'shimcha faqat isitgich olinadi.
Sotib olgandan keyin nima bo'ladi
Tanlaysiz
Katalogdan o'zingiz tanlaysiz yoki yordamchiga 6 ta savolga javob berasiz โ u hajmini va nima kerakligini aytib beradi.
Keltiramiz
Toshkentning istalgan tumaniga bepul. Akvarium quruq holda emas, jihozi bilan keladi.
O'rnatamiz
Yig'amiz, gruntni yotqizamiz, jihozni ulaymiz va suvni tayyorlaymiz. Baliqni suv tayyor bo'lgandagina joylashtiramiz.
Keyin โ o'zingiz
Haftada yarim soat vaqt ketadi, murakkab joyi yo'q. Vaqtingiz bo'lmasa, usta kelib turadigan xizmatimiz ham bor โ lekin bu majburiy emas.
Toshkentda to'rt joyda
Har kuni ertalab 9 dan kechqurun 9 gacha. Kelishdan oldin qo'ng'iroq qilsangiz, kerakli baliq bor-yo'qligini aytamiz.
Akvarium haqida bilib qo'yish kerak bo'lgan narsalar
Do'konda eng ko'p beriladigan savollarga to'liq javoblar. Har biri 3โ5 daqiqada o'qiladi.
Birinchi akvarium: qayerdan boshlash kerak
Ko'pchilik akvariumni noto'g'ri tartibda boshlaydi โ avval baliq oladi, keyin akvarium. Shundan hamma muammo chiqadi.
4 daqiqaMuhimAkvariumni ishga tushirish: 14 kunlik jadval
ยซSuv quydim, baliq qo'ydim, ertasiga o'lib qoldiยป โ bu eng ko'p eshitiladigan gap. Sababi bitta: azot aylanishi.
5 daqiqaMuammoSuv loyqalanib qoldi โ nima qilish kerak
Loyqa suvning uch xil sababi bor va har biriga boshqacha yechim kerak. Avval rangiga qarang.
4 daqiqaKo'p beriladigan savollar
Yetkazib berish qancha turadi?
Toshkent bo'ylab bepul. Akvarium, jihoz va baliqlar โ hammasi. Baliqlar kislorodli qadoqda, harorat saqlangan holda yetkaziladi.
Akvariumni o'zingiz o'rnatib berasizmi?
Ha. Joyni tanlaymiz, tumbani yig'amiz, gruntni yotqizamiz, jihozni ulaymiz va suvni tayyorlaymiz. Baliqni suv tayyor bo'lgandagina qo'yamiz.
Akvarium olsam, parvarish xizmatini ham olishim shartmi?
Yo'q, umuman shart emas. Ko'pchilik akvariumiga o'zi qaraydi โ biz ham shuni maslahat beramiz, chunki bu oson va arzon. Parvarish xizmati faqat vaqti yo'q yoki qiynalayotganlar uchun. Bizdan akvarium olsangiz birinchi oyni bepul sinab ko'rishingiz mumkin, keyin o'zingiz hal qilasiz.
Baliq nobud bo'lsa nima bo'ladi?
Obsluga shartnomasi amal qilayotgan bo'lsa โ biz almashtiramiz. Shartnomasiz sotib olingan baliqlarga sabab bo'yicha alohida qaraymiz: ko'pincha muammo suvda bo'ladi va biz uni tekshirib beramiz.
Ofis yoki restoran uchun akvarium qilasizmi?
Ha. Loyihasini tayyorlaymiz, akvarium va jihozni beramiz, o'rnatib ishga tushiramiz. Xohlasangiz shartnoma bo'yicha har oy parvarish qilib turamiz. O'lchov va eskiz bepul.
Bo'lib to'lash bormi?
Filial bo'yicha aniqlashtiramiz โ qo'ng'iroq qiling yoki Telegramga yozing.
Savolingiz bormi?
Nomeringizni qoldiring โ qanday joyga nima to'g'ri kelishini bepul aytib beramiz.





