UZ RU
99 807 46 40
Bog'lanish

Ko'p beriladigan savollar

Yetkazib berish qancha turadi?

Toshkent bo'ylab bepul. Akvarium, jihoz va baliqlar — hammasi. Baliqlar kislorodli qadoqda, harorat saqlangan holda yetkaziladi.

Akvariumni o'zingiz o'rnatib berasizmi?

Ha. Joyni tanlaymiz, tumbani yig'amiz, gruntni yotqizamiz, jihozni ulaymiz va suvni tayyorlaymiz. Baliqni suv tayyor bo'lgandagina qo'yamiz.

Akvarium olsam, parvarish xizmatini ham olishim shartmi?

Yo'q, umuman shart emas. Ko'pchilik akvariumiga o'zi qaraydi — biz ham shuni maslahat beramiz, chunki bu oson va arzon. Parvarish xizmati faqat vaqti yo'q yoki qiynalayotganlar uchun. Bizdan akvarium olsangiz birinchi oyni bepul sinab ko'rishingiz mumkin, keyin o'zingiz hal qilasiz.

Baliq nobud bo'lsa nima bo'ladi?

Obsluga shartnomasi amal qilayotgan bo'lsa — biz almashtiramiz. Shartnomasiz sotib olingan baliqlarga sabab bo'yicha alohida qaraymiz: ko'pincha muammo suvda bo'ladi va biz uni tekshirib beramiz.

Ofis yoki restoran uchun akvarium qilasizmi?

Ha. Loyihasini tayyorlaymiz, akvarium va jihozni beramiz, o'rnatib ishga tushiramiz. Xohlasangiz shartnoma bo'yicha har oy parvarish qilib turamiz. O'lchov va eskiz bepul.

Bo'lib to'lash bormi?

Filial bo'yicha aniqlashtiramiz — qo'ng'iroq qiling yoki Telegramga yozing.

Bog'lanish

Savolingiz bormi?

Nomeringizni qoldiring — qanday joyga nima to'g'ri kelishini bepul aytib beramiz.

Raqamingizni faqat qo'ng'iroq qilish uchun ishlatamiz.

Qo'ng'iroq Telegram