UZ RU
99 807 46 40
โ† Barcha maslahatlar
Narxlar

Akvarium narxi: nimaga qancha ketadi

Akvariumning o'zi umumiy summaning yarmiga ham yetmaydi. Quyida real taqsimot โ€” nimani rejalashtirish kerakligini bilib qo'ying.

Akvarium va tumba โ€” 40โ€“50%

Hajm oshgani sayin narx tez ko'tariladi, chunki shisha qalinroq kerak bo'ladi. Tumba alohida hisoblanadi va uni tejash mumkin emas: sinsa akvarium ham ketadi.

Jihoz โ€” komplektda

Bizdagi akvariumlarda filtr, kompressor va lampa narx ichida. Alohida olinadigani โ€” isitgich (65โ€“80 ming so'm) va grunt. Jihozda tejash eng qimmatga tushadi: arzon filtr bir yilda ishdan chiqadi va shu vaqtgacha suvni buzib turadi.

Grunt va dekor โ€” 10โ€“20%

Grunt kilogrammlab olinadi, hajmga qarab 10โ€“40 kg kerak bo'ladi. Oddiy grunt bilan oziqlantiruvchi grunt narxi bir necha barobar farq qiladi โ€” o'simlik ko'p bo'lmasa oddiysi yetarli.

Baliq va o'simlik โ€” 10โ€“15%

Ko'pchilik shundan boshlaydi, aslida bu eng oxirgi va eng arzon qismi. Nodir turlar bundan mustasno.

Doimiy xarajat

Oziq, suv tayyorlagich, filtr materiallari โ€” oyiga kichik summa. Obsluga obunasi alohida hisoblanadi.

Byudjetingizni ayting โ€” shu pulga nima chiqishini aniq hisoblab beramiz. Yetkazib berish har doim bepul.

Bog'lanish

Savolingiz bormi?

Nomeringizni qoldiring โ€” qanday joyga nima to'g'ri kelishini bepul aytib beramiz.

Raqamingizni faqat qo'ng'iroq qilish uchun ishlatamiz.

Qo'ng'iroq Telegram