Suv loyqalanib qoldi — nima qilish kerak
Loyqa suvning uch xil sababi bor va har biriga boshqacha yechim kerak. Avval rangiga qarang.
Oq yoki kulrang loyqa
Bu bakterial portlash. Yangi akvariumda normal — 3–7 kunda o'zi o'tadi. Eski akvariumda bo'lsa: ortiqcha oziq bergansiz yoki filtrni juda yaxshi yuvib, bakteriyani o'ldirgansiz. Oziqni to'xtating, filtrga tegmang, kuting.
Yashil suv
Suvo'tlar. Sabab — ortiqcha yorug'lik yoki quyosh nuri. Yoritgichni kuniga 8 soatdan oshirmang, akvariumni quyoshdan olib qo'ying. Suvning 30% ini almashtiring.
Sariq yoki jigarrang
Ko'pincha korag'adan chiqadigan tanin — zararsiz, lekin ko'rinishi yoqimsiz. Faol ko'mir filtrga solsangiz ketadi. Yoki gruntni yaxshi yuvmagansiz.
Nima qilmaslik kerak
Suvni to'liq almashtirmang. Bu bakteriyani butunlay yo'qotadi va muammoni ikki barobar oshiradi. Maksimum 30%, haftada bir marta.
Rangini aniqlay olmasangiz — suratga oling va Telegramga yuboring, ko'rib aytamiz.