Birinchi akvarium: qayerdan boshlash kerak
Ko'pchilik akvariumni noto'g'ri tartibda boshlaydi — avval baliq oladi, keyin akvarium. Shundan hamma muammo chiqadi.
Avval joyni tanlang
Akvarium to'lganda og'ir bo'ladi: 100 litr suv 100 kilogramm, ustiga grunt va shisha qo'shiladi. Oddiy stol ko'tarmaydi — maxsus tumba kerak. Joy quyosh tushmaydigan, batareyadan uzoq va rozetkaga yaqin bo'lsin.
Hajmni kamaytirmang
Eng keng tarqalgan xato — «birinchisi kichik bo'lsin» deb 20 litrlik olish. Aslida kichik akvariumga qarash qiyinroq: suv tez ifloslanadi, harorat sakraydi, bitta xato darrov baliqqa uradi. 40 litrdan boshlang.
Jihozni bir yo'la oling
Bizdagi akvariumlar filtr, kompressor va lampa bilan keladi — bularni alohida izlash shart emas. Qo'shimcha faqat isitgich va grunt kerak bo'ladi. Keyinroq alohida olsangiz ham qimmatga tushadi, ham vaqt ketadi.
Baliqni oxirida oling
Akvariumni yig'ib, suv quyib, 7–14 kun filtr bilan ishlatib turing. Faqat shundan keyin baliq. Bu qoidani buzish — baliq nobud bo'lishining birinchi sababi.
Qaysi hajm sizga to'g'ri kelishini bilmasangiz, saytdagi tanlov yordamchisidan foydalaning — 6 savolga javob bering, tayyor yechim chiqadi.