UZ RU
99 807 46 40
← Barcha maslahatlar
Baliqlar

Qaysi baliqlar birga yashaydi

Moslik faqat «tinch yoki janjalkash» degani emas. To'rtta mezon bor va ularning bittasi mos kelmasa ham birga qo'yib bo'lmaydi.

Harorat

Oltin baliqqa 18–23 °C kerak, ko'pchilik tropik baliqqa 24–28 °C. Ular hech qachon birga yashay olmaydi — bittasi doim noqulay sharoitda bo'ladi.

O'lcham

Bu xarakter masalasi emas, tabiat masalasi. Skalyariya tinch baliq, lekin kattalashgach neonni yeydi — chunki neon uning og'ziga sig'adi. Qoida: kattasi kichigidan 3 barobar katta bo'lsa, birga qo'ymang.

Suv qattiqligi

Malavi siklidlariga qattiq suv, diskus va neonga yumshoq suv kerak. Birga qo'ysangiz ikkalasi ham kasal bo'ladi, faqat sekin.

Xarakter va suzgich

Barbus uzun suzgichni chimchilaydi — petushok va skalyariya bilan qo'yib bo'lmaydi. Petushok erkak esa boshqa yorqin, uzun dumli baliqni raqib deb biladi.

Saytdagi moslik instrumentida istalgan ikki baliqni tekshirib ko'rishingiz mumkin — sababi bilan javob beradi.

Bog'lanish

Savolingiz bormi?

Nomeringizni qoldiring — qanday joyga nima to'g'ri kelishini bepul aytib beramiz.

Raqamingizni faqat qo'ng'iroq qilish uchun ishlatamiz.

Qo'ng'iroq Telegram