Akvariumni qanday tozalash kerak
Tozalash โ suvni almashtirish emas. Aksincha: suvni ko'p almashtirsangiz, akvariumga zarar qilasiz.
Haftada bir marta, 25โ30%
Suvning to'rtdan birini oling, o'rniga tayyorlangan suv quying. Yangi suv haroratini akvariumnikiga tenglang โ 2 darajadan ortiq farq baliq uchun stress.
Gruntni sifon bilan tozalang
Oziq qoldig'i va chiqindi gruntga yig'iladi. Sifonni grunt orasiga tiqib, iflosni so'rib oling. Suvni ham shu jarayonda olasiz โ ikki ish bir vaqtda.
Filtrni akvarium suvida yuving
Bu eng muhim qoida. Kran suvida yuvsangiz xlor filtr ichidagi foydali bakteriyani o'ldiradi va akvarium noldan boshlanadi. Chelakka eski akvarium suvidan quying, gubkani shunda siqing.
Oynani ichkaridan magnit bilan
Tashqisini oddiy latta bilan. Ichkariga kimyoviy vosita ishlatmang โ hech qanday oyna tozalagich akvariumga tushmasin.
Nima qilmaslik kerak
Hamma narsani bir kunda: suvni almashtirish, filtr yuvish va gruntni tozalashni bir vaqtda qilmang. Bakteriyaga juda katta zarba bo'ladi. Filtrni alohida kunda yuving.
Ko'rib turganingizdek, bunda murakkab narsa yo'q โ haftada yarim soat vaqt ketadi. Agar shu vaqt ham topilmasa, usta kelib turadigan xizmatimiz bor.